Yurak to`la g`am, dilimda hasrat,
Seni sog`insam, qalbim ezar dard,
Alamlarim, bu mening alamlarim.

Senga ishondim, izlagandim baxt,
Sen esa kechding, tushundim bevaqt,
Alamlarim, qiynaydi alamlarim.

Endi dilimdan unutganimda
Yonimga qaytma.

Yordam ber, seni unutay,
Yor, seni unutay. {x2}
Yuragimni men ovutay,
Ayt, qanday ovutay? {x2}

To`qnashaverib kun ora shunday,
Bir-birimizga begonalarday,
Alamlarim, qiynaydi alamlarim.

Xotiralardan kechish qiyinday,
Ayt, seni qanday, qanday unutay?
Alamlarim, ezadi alamlarim.

Endi dilimdan unutganimda
Yonimga qaytma.

Yordam ber, seni unutay,
Yor, seni unutay. {x2}
Yuragimni men ovutay,
Ayt, qanday ovutay? {x2}

Yordam ber, seni unutay,
Yor, seni unutay. {x2}
Yuragimni men ovutay,
Ayt, qanday ovutay? {x2}

Yordam ber, seni unutay,
Yor, seni unutay. {x2}
Yuragimni men ovutay,
Ayt, qanday ovutay? {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alamlarim
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 14, 2018