Onam aytganida shirin allalar,
Murg`ak qalbim ila niyat qilardim,
Jajji qo`limdagi qo`g`irchoqlarga
Xuddi onamdayin mehr berardim.
Erkalatib, bag`rimga bosib,
Jahlim chiqsa koyib berardim.
Uxlamasa qo`g`irchoqlarim,
Onam kabi alla aytardim.
Alla aytay tonggacha,
Uxlang, qo`zochoqlarim.
Egam menga tuhfa qilgan
Mitti ovunchoqlarim.
Alla, alla, alla-yo,
Uxlab qolsin bolajon.
Tushlar ko`rib uyg`onsin,
Shiringina qaqajon.
Voyaga yetib kunlar,
Farzand ko`rmoq istadim.
Uzoq yillar Yaratgandan
Faqat shuni tiladim.
Lek yurakda hech qachon
Alam, armon tuymadim.
Shukur bugun bolalarimga
Ona bo`lib kuyladim.
Bu beshikda yotar Mehran,
Bu beshikda Ibrohim.
Tinglang, allam sizga kuylay,
Ham quyoshim, ham ohim.
Alla aytay tonggacha,
Uxlang, qo`zochoqlarim.
Egam menga tuhfa qilgan
Mitti ovunchoqlarim.
Alla, alla, alla-yo,
Uxlab qolsin bolajon.
Tushlar ko`rib uyg`onsin,
Shiringina qaqajon.
Siz ikkingiz qanotimsiz,
Hayotim osmonida.
Otangiz bizga qalqon,
Sevgimiz dostonida.
Kamolingiz ko`raylik,
Shodon yashang ko`p yillar.
Axir sizlar gullarsiz
Umrimiz bo`stonida.
Bu beshikda yotar Mehran,
Bu beshikda Ibrohim.
Tinglang, allam sizga kuylay,
Ham quyoshim, ham ohim.
Alla aytay tonggacha,
Uxlang, qo`zochoqlarim.
Egam menga tuhfa qilgan
Mitti ovunchoqlarim.
Alla, alla, alla-yo,
Uxlab qolsin bolajon.
Tushlar ko`rib uyg`onsin,
Shiringina qaqajon.
Tushlar ko`rib uyg`onsin,
Shiringina bolajon.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 26, 2017