Dunyoga kelar yig`lab, ota-onasi suyar,
Uyga kelgan chaqaloq muborak.
Uyida bayram bo`lar, qozonlar oshga to`lar,
Barokatli mehmonlar muborak.

Ko`pchilikning duosi ijobat,
Siz bilan uyi to`la muhabbat.
Allohim berar go`zal alomat,
Muhammadning ummati muborak.

Muborak,
Uyga kelgan chaqaloqlar muborak.
Muborak,
Barokatli mehmoningiz muborak.

Muborak,
Uyga kelgan chaqaloqlar muborak.
Muborak,
Joningizdan bir parcha jon muborak.

Qo`lingizga olganda, ko`zingizga boqqanda,
Hayrli umidlaringiz muborak.
Dunyoga kelar yig`lab, ota-onasi suyar,
Uyga kelgan chaqaloq muborak.

Buvisi, tezroq kelib qo`lga oling,
Duoni qilib, beshiklarga soling.
Sochqisidan mehmonlar siz ham oling,
Uyga kelgan chaqaloq muborak.

Muborak,
Uyga kelgan chaqaloqlar muborak.
Muborak,
Barokatli mehmoningiz muborak.

Muborak,
Uyga kelgan chaqaloqlar muborak.
Muborak,
Joningizdan bir parcha jon muborak.

Muborak, Allohimning solih quli muborak,
Muborak, Muhammadning ummati bu muborak.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muborak
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Yulduz Usmonova
Bastakor:
Yulduz Usmonova
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 15, 2021