Har kimni ham o`tga yoqib, shaydo qilgan muhabbat,
Kuydiriblar kuldan qayta paydo qilgan muhabbat,
Mano balkim Layloni ham Laylo qilgan muhabbat,
Majnunni ham sargashtai sahro qilgan muhabbat. {x2}

Ohim o`zing muhabbat, bog`im o`zing muhabbat, {x2}
Majnunni ham sargashtai sahro qilgan muhabbat. {x2}

Sinov aylab sadoqatni, jafo qilgan muhabbat,
Chin oshiqqa u dunyoda vafo qilgan muhabbat,
G`unchani ham tikon ato etgan o`sha muhabbat,
Bu to`g`rimi hamda yoki xato qilgan muhabbat. {x2}

Ohim o`zing muhabbat, bog`im o`zing muhabbat, {x2}
Majnunni ham sargashtai sahro qilgan muhabbat. {x2}

Ohim o`zing muhabbat, bog`im o`zing muhabbat, {x2}
Majnunni ham sargashtai sahro qilgan muhabbat. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhabbat
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Yulduz Usmonova
Bastakor:
Yulduz Usmonova
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2021