[Nilufar Usmonova]
Sen bizga kelib joylashib olgan
Baxtimizni turtma, u bizni rosa sinar.
Sen bizda qolmoqchi bo`lgan baxtni qo`rqitma,
Shundog`am baxt bizdan bezgan.

– Yana nima bo`ldi?
– Uf, yana boshlandi…
– Man yomonmi?
– Man yomonmi?

O`ylab, o`ylab, o`ylab, o`ylama,
Meni yomon deb o`ylama. (x4)

[Shahriyor]
Sababsiz yig`lab, bekor kulasan,
Nega tinch joydan janjal tutasan?
Kim nima desa, ishonaverib,
Meni har doim qiynayverasan.

Qayerda bo`lmay, kimlarni ko`rmay,
Hech qaysi go`zal bo`lolmaydi senday!
Sen yagonamsan, sen yuragimsan,
Jonim, qanday bo`lib qolding sen bunday?

[Nilufar Usmonova]
O`ylab, o`ylab, o`ylab, o`ylama,
Meni yomon deb o`ylama. (x4)

Nega so`zimdan ayb izlaysan?
Nega o`zing ham ishonmaysan?
Tomosha qilma ko`z yoshimni,
Sinama mening bardoshimni.

Sen yagonamsan qalbimda tanho,
O`zingdirsan tushlarimda hatto.
Menga hech kim, jonim, bo`lolmaydi senday,
Nega axir sen bo`lib qolding bunday?
Nimaga-a???

O`ylab, o`ylab, o`ylab, o`ylama,
Meni yomon deb o`ylama. (x4)

[Shahriyor]
O`ylama, ah…

[Nilufar Usmonova]
Sen bizning hali o`rganmagan,
Lekin bizga ishongan
Sevgimizni yo`ldan ozdirma.
Kel, dilimizda muhabbat ozor chekmasin.

[Shahriyor]
Jonim, shuncha darding bor ekan, aytmaysanmi,
Endi seni xafa qilmayman, mana ko`rasan.

[Nilufar Usmonova]
O`ylab, o`ylab, o`ylab, o`ylama,
Meni yomon deb o`ylama. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen yagonam
Xonanda:
Nilufar Usmonova, Shaxriyor
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 23, 2018