Nilufar Usmonova - Sevgi qissasi

Nilufar Usmonova

Sevgi qissasi

Osmonda yulduzim porlar,
Sevgim kuyin chalib torlar,
Baxt qasri ikkimizni chorlar.
Tunlarda kutgan xumorim,
Oq dur, marvarid tumorim,
Olisda qolsin g’uborim.

Kun bo’lay, tun bo’lay,
Ko’zlaringda nur bo’loyin.
Oy bo’lay, soy bo’lay,
Ishqda anhorday to’loyin.

Kun bo’lay, tun bo’lay,
Ko’zlaringda nur bo’loyin.
Ay, nur bo’loyin man.

Qalbimsan, baxtimsan,
Jonim, erkalayin, begimsan.
Mehribonim, ayiqcham,
Baliqcham mening.

Kun bo’lay, tun bo’lay,
Ko’zlaringda nur bo’loyin.
Oy bo’lay, soy bo’lay,
Ishqda anhorday to’loyin.

Kun bo’lay, tun bo’lay,
Ko’zlaringda nur bo’loyin.
Ay, nur bo’loyin man.

Bog’lar, tog’lar,
Doim sizlarga bahor,
Ikkingizga boqib kular kun-nahor.
Sevgingiz olamga bo’lsin ovoza,
Baxtli bo’ling,
Taxtingiz oqsin ishqqa to’lib,
Misoli anhor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgi qissasi
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 4, 2014