Sog`inch, armon,
Bu tuyg`ular neligini bilib bo`ldim.
Lek endi o`rgataman senga!
Topmay imkon,
Men azoblar bag`rida baxtga to`ldim,
Sen esa qiziqmading menga.
Kerakligimni, ayt, his qildingmi?
Yolg`izlik bu ne, bildingmi?
Endi sen ham sog`inib ko`r,
Azoblari qandaykan?
Endi sen ham sog`inib ko`r,
Sen emasmi ko`nik degan?
Sen ko`nikdingmi? (x2)
Orzu, quvonch,
Men bularning neligin unutgandim.
Lek taqdir o`rgatmoqda yana.
Gumon, ishonch,
Ikkilanib yashashga ko`nikkandim,
Lek navbat senga keldi mana!
Qanday ekan
Ko`z yosh to`kmasdan yig`lash?
Sevganlarning yuragin tig`lash?
Endi sen ham sog`inib ko`r,
Azoblari qandaykan?
Endi sen ham sog`inib ko`r,
Sen emasmi ko`nik degan?
Sen ko`nikdingmi? (x4+x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 14, 2016