[Nilufar]
Balki kurashmasak bo`larmidi?
Sevgim senga so`narmidi?
Lekin tushdi ko`zlar ko`zlarga,
Ayt nega?

[Muzaffar Mirzarahimov]
Endi senga yetmas mening qo`lim,
Kechirolsang kechir, gulim.
Netay, sendan ayro yo`lim?

[Muzaffar Mirzarahimov va Nilufar]
Yuragim jim, yuragim,
Yagonamsan, keragim.
Balki ushalmas tilagim,
Sevaveraman, sevaveraman. (x2)

[Muzaffar Mirzarahimov]
Xayol qanotida parvoz etib,
Senga gulmas, dilim tutib,
Nega qoldirdim armonlarda,
Bilmayman?!

[Nilufar]
Sen va men go`yoki bir butunday,
To`ldirguvchi bir-birin shunday,
Go`yoki yer va osmonday.

[Muzaffar Mirzarahimov va Nilufar]
Yuragim jim, yuragim,
Yagonamsan, keragim.
Balki ushalmas tilagim,
Sevaveraman, sevaveraman. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yuragim jim
Xonanda:
Muzaffar Mirzarahimov, Nilufar
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 11, 2018