Og'abek Sobirov - Baxtli bo'l qizim qo'shiq matni, lyrics

Og'abek Sobirov

Baxtli bo’l qizim

Xush bor endi, jonim bolam,
Rahmona topshirdim sani.
Qo`llag`ay ul Sarvari
Subhona topshirdim sani.

Qo`llag`ay ul Sarvari
Subhona topshirdim sani.

O`n sakkiz ming olam shohid,
Sultona topshirdim sani,
Ul Abu Bakr-u Umar,
Usmona topshirdim sani.

Ul Abu Bakr-u Umar,
Usmona topshirdim sani.

Ko`z yoshina jonim qurbon,
Yuragimni qilmag`in qon,
San bu uyga endi mehmon,
Mezbona topshirdim sani.

Borar joyga bo`l mehribon,
Yoring bilan bo`lgin omon.
Tole’, qismat, baxt hukmron-ey
Makona topshirdim sani.

Tole’, qismat, baxt hukmron-ey
Makona topshirdim sani.

Nasihatim yodingda tut:
Yoshlik sho`xliklaring unut!
Peshonangdagi ul yozuq –
Farmona topshirdim sani.

O`ynab-kulib, ketgin qizim,
Ko`nglim buzma, jonim qo`zim. (x2)
San yolg`izim, san yulduzim,
Osmona topshirdim sani. (x2)

Xush bor endi, jonim bolam,
Rahmona topshirdim sani.
Qo`llag`ay ul Sarvari
Subhona topshirdim sani.

Qo`llag`ay ul Sarvari
Subhona topshirdim sani.
Subhona topshirdim sani,
Rahmona topshirdim sani.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Baxtli bo’l qizim
Xonanda:
Og'abek Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2018