Qo`yinglar, kelmasin, sevgimiz bitsin,
Ahdini yutganni qaro yer yutsin. (x2)

Ishonchim yo`qoldi u bevafoga,
Ishq-u muhabbatim uvoli tutsin. (x2)

Tutmanglar qo`lini, tutmanglar, ketsin,
To`smanglar yo`lini, to`smanglar, ketsin.

Nima ko`rdim undan sitamdan boshqa?
Hayf bo`ldi umrim u bag`ritoshga.

Dunyoga o`t ketsa hamki so`nardi,
Bedor ko`zlarimdan oqqan u yoshga. (x2)

Tutmanglar qo`lini, tutmanglar, ketsin,
To`smanglar yo`lini, to`smanglar, ketsin.

Osmonga barobar, nafratim cheksiz,
Qurbon bo`ldi unga yoshligim, esiz.

Ketsa qayrilmasin orqaga bir bor,
Hayot davom etar usiz ham mensiz.

Tutmanglar qo`lini, tutmanglar, ketsin,
To`smanglar yo`lini, to`smanglar, ketsin.

Qancha qaro kunlar kutsada meni,
Yolg`izlik bo`g`zimdan tutsada meni,

Izzat-nafsimni xor etmasman endi,
Azoblar ummoni yutsada meni. (x2)

Tutmanglar qo`lini, tutmanglar, ketsin,
To`smanglar yo`lini, to`smanglar, ketsin. (x2)

To`smanglar, ketsin… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ketsin
Xonanda:
Og'abek Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2018

O'xshash qo'shiqlar matnlari