Og'abek Sobirov - Qolaverdingiz qo'shiq matni, lyrics

Og'abek Sobirov

Qolaverdingiz

Ishqingizda bir yondim-u ming bora kuydim,
Bilolmadim, sizni o`zi ne uchun sevdim? (x2)
Siz ko`ringan tomonlarga qaramay yurdim, {x2}
Yuragimning bir chetida qolaverdingiz. {x2}

Ketmadingiz, qiynoqlarga solaverdingiz, {x2}
Yuragimning bir chetida qolaverdingiz. {x2}

Fasllar almashdi bunda, oylar almashdi,
Qo`shiqlar tug`ildi yana, kuylar almashdi.
Kimlar kelib, kimlar ketib, joylar almashdi, {x2}
Yuragimning bir chetida qolaverdingiz. {x2}

Ketmay, yoshligimni esga solaverdingiz, {x2}
Yuragimning bir chetida qolaverdingiz. {x2}

Atrofimda to`la edi do`stlarim, ketdi,
Suvga oqib, sizni ko`rgan tushlarim ketdi,
Bir kun olarman, deb qo`ygan no`shlarim ketdi, {x2}
Yuragimning bir chetida qolaverdingiz. {x2}

Kimlarningdir muhabbatdan qalbi munavvar,
Yashnayabdi orzulari ketmay besamar,
Unutaman dedim, lekin har gal, har safar {x2}
Yuragimning bir chetida qolaverdingiz. {x2}

Qo`shiq aytsam, kuylarimga kelaverdingiz, {x2}
Yuragimning bir chetida qolaverdingiz. {x2}

Yuragimning bir chetida qolaverdingiz…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qolaverdingiz
Xonanda:
Og'abek Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2018