Og'abek Sobirov - Sirli qarash qo'shiq matni, lyrics

Og'abek Sobirov

Sirli qarash

Sandek bevafog`a man
Nerdan ko`ngil qo`yibman?
Ishqing bila yurakka
Sevgi so`zin o`yibman.

Hijroningning o`qlari
Yurakni qilib tamom, (x2)
Na qilarimni bilmiyin,
Garang bo`lib yuribman. (x2)

Sirli qarashlaringga
Shamdiyin erib getaman. (x2)
Bir g`amzayi-nozingga
Ming jonimdan gechaman. (x2)

Manda ko`ngling borini
Yuzing so`ylivaradi.
Inkor qilsa ham tiling-ey,
Ko`ngling o`yliyvaradi.

Sevmasang, nega jonim,
Jon olg`uchi ko`zlaring,
Go`pchilikning ichindan
Mani izliyvaradi?

Go`pchilikning ichindan-ey
Mani izliyvaradi?

Sirli qarashlaringga
Shamdiyin erib getaman. (x2)
Bir g`amzayi-nozingga
Ming jonimdan gechaman. (x2)

San kuylarim nolasi,
She’rlarimning so`zisan.
Man uchun bir olamsan,
San qalbimning ko`zisan.

Tushlarimning munavvar
Shu’lasisan, nurisan. (x2)
San mani hayotimsan-ey,
San jonimning o`zisan. (x2)

Sirli qarashlaringga
Shamdiyin erib getaman. (x2)
Bir g`amzayi-nozingga
Ming jonimdan gechaman. (x2)

Sirli qarashlaringga
Shamdiyin erib getaman. (x2)
Bir g`amzayi-nozingga
Ming jonimdan gechaman. (x2)

Ming jonimdan gechaman… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sirli qarash
Xonanda:
Og'abek Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2018