Og'abek Sobirov - Yoqtirib qoldim qo'shiq matni, lyrics

Og'abek Sobirov

Yoqtirib qoldim

Mehringdan tushib uchqun
Yurakkinamga jonim,
Sig`may ketib tomirga,
Junbushga keldi qonim.

Bilmayin qoldim o`ngimni,
Yo dushmi ko`rgan onim? (x2)
Umrimga kirib kelding,
Bo`lib jonu-jahonim. (x2)

Bir deb yoqtirib qoldim,
Qarab qoshu-go`zingga.
Baxshida aylasang bas,
Man hayrona o`zingni. (x2)

Erkam, ko`nglimdagidek
Sara dildor ekansan.
O`zim uchun ataylab-ey
Yaralgan yor ekansan.

Boshdin-oyoq gelishgan,
Go`yo bahor ekansan.
Ishq bog`imda yetishgan
Olma, anor ekansan.

Ishq bog`imda yetishgan-ey
Olma, anor ekansan.

Bir deb yoqtirib qoldim,
Qaro qoshu-go`zingni.
Baxshida aylasang bas,
Man hayrona o`zingni. (x2)

Sadoqatingdan yayrab,
Man ham baxra olayin.
Maqtab sani jahona,
Jonim, dovrug` solayin.

Ishqimiz qo`shiqlari
Jaranglatib chiroyin,
San birla ishq bog`inda
Mangu birga qolayin.

San birla ishq bog`inda
Mangu birga qolayin.

Bir deb yoqtirib qoldim,
Qaro qoshu-go`zingni.
Baxshida aylasang bas,
Man hayrona o`zingni. (x2)

Quvonchimiz ko`k oshib,
Falaklarga yetishsin.
Taronalar sadosi
Malaklarga yetishsin.

Ishq yo`lida jonlari
Halaklarga yetishsin.
Oshiq Erkin dildagi
Tilaklarga yetishsin.

Oshiq Erkin dildagi
Tilaklarga yetishsin.

Bir deb yoqtirib qoldim,
Qaro qoshu-go`zingni.
Baxshida aylasang bas,
Man hayrona o`zingni. (x2)

Jon deb yoqtirib qoldim,
Qaro qoshu-go`zingni.
Baxshida aylasang bas,
Man hayrona o`zingni.

O`l deb yoqtirib qoldim,
Qaro qoshu-go`zingni.
Baxshida aylasang bas,
Man hayrona o`zingni. {x3}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yoqtirib qoldim
Xonanda:
Og'abek Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 26, 2018