To’qqiz oy yotmisham onam qorninda,
Ko’z ochib dunyoga kelgan kunlarim.
Tetapoya bo’ldim onam qo’linda,
Ilk bor kulsam, onam quchgan kunlarim.
Birimda bilmadim yaxshi-yomonni,
Ikkimda tanidim ota-onamni,
Uch yoshimda Tangrim berdi zabonni,
To’rt yoshimda tosh otishgan kunlarim.
Beshimni o’tkazdim bahor-yoz bilan,
Olti yoshda quvalashdim g’oz bilan.
Yetti yoshda ishim bo’lmay siz bilan,
Sakkizimda tishim tushgan kunlarim.
To’qqizimda berdim Tangrim salomin,
O’nimda bo’ynimda Haqning kalomi,
O’n birimda tutdim dovot-qalamni,
O’qib-o’qib ma’ni ochgan kunlarim.
O’n ikkimda o’tdim o’n uch yoshima,
O’n to’rtimda asar urdi boshima, (x2)
O’n beshimda qizlar kirdi tushima,
O’n oltimda qaynab-jo’shgan kunlarim. (x2)
Yigirmada maston-maston kezardim,
Yigirma beshda yovga o’qlar uzardim,
O’ttizimda otlar chopib, o’zardim,
O’ttiz beshda ters uchgan kunlarim.
Qirqimda quyilib, kosam to’lmisham,
Elligimda qo’lga tasbeh olmisham, (x2)
Oltmishimda pirga murid bo’lmisham,
Payg’ambar yoshiga kirgan kunlarim. (x2)
Yetmishimda og’riq kirdi tizzama,
Saksonimda g’ubor tushdi ko’zima, (x2)
To’qsonimda xush qolmadi o’zima,
Aql-xushdan judo bo’lg’on kunlarim.
Yuz yoshga yetarsan, olarlar joning,
Kuzatib qo’yarlar, bicharlar to’ning, (x2)
Mahtumquli, hamroh bo’lsin iymoning,
Jon jasaddan ayro chiqqan kunlarim. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 26, 2014