Jonon kelar asta yurib men tomon,
Kelar muhabbatning go`zal bog`idan.
Bir ko`rdim-u yuragim bo`ldi tamom,
Yuragim nima qilding-a, oh jonidan. (x2)

Voy jonidan, oh jonidan, jonidan,
Bir ko`rib, ketolmay qoldim yonidan.
Tamom bo`ldim yuzidagi xolidan,
Berarmikan labidagi bolidan?

Hurlardanmi parilardanmisan yo,
Bunchalar ovozing bulbuligo`yo?
Yuragim ham sehrlanganday go`yo,
Ey, nimalar qilib qo`yding-a jonidan?

Yuragim ham sehrlanganday go`yo,
Nimalar qilib qo`yding-a jonidan?

Voy jonidan, oh jonidan, jonidan,
Bir ko`rib, ketolmay qoldim yonidan.
Tamom bo`ldim yuzidagi xolidan,
Berarmikan labidagi bolidan?

Voy, bu qomatlarga tegmasin nazar,
Bunchalar chiroylisan, yo alhazar?!
Kel, ichaylik muhabbatning sharobidan,
Bir shakarguftorlik qilaylik, jonidan.

Kel, ichaylik muhabbatning sharobidan,
Bir shakarguftorlik qilaylik, jonidan.

Voy jonidan, oh jonidan, jonidan,
Bir ko`rib, ketolmay qoldim yonidan.
Tamom bo`ldim yuzidagi xolidan,
Berarmikan labidagi bolidan?

Ey jonidan, voy jonidan, jonidan,
Bir ko`rib, ketolmay qoldim yonidan.
Tamom bo`ldim yuzidagi xolidan,
Berarmikan labidagi bolidan?

Ey jonidan, voy jonidan, jonidan…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jonidan
Xonanda:
O'ktam Kamolov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 4, 2018