O'ktam Kamolov - Onajonimsiz qo'shiq matni, lyrics

O'ktam Kamolov

Onajonimsiz

Mani boyligim, eng chiroyligim,
Mehribonim onajonimsiz.
Omadim, baxtim, siz toj-u taxtim,
Jonajonim onajonimsiz.

Omadim, baxtim, siz toj-u taxtim,
Jonajonim onajonimsiz.

Mani jannatim, boru davlatim,
Keragimsiz, onajonimsiz.
Ko`ksimda turgan, sizni deb urgan
Yuragimsiz, onajonimsiz.

Ko`ksimda turgan, sizni deb urgan
Yuragimsiz, onajonimsiz.

Manda o`yingiz, duoda qo`lingiz,
Farishtamsiz, onajonimsiz. (x2)
Nafis guloyim, biram muloyim,
Sarishtamsiz, onajonimsiz. (x2)

Ey, mani boyligim, eng chiroyligim,
Jannatimsiz, onajonimsiz.
Omadim, baxtim, siz toj-u taxtim,
Davlatimsiz, onajonimsiz.

Omadim, baxtim, siz toj-u taxtim,
Davlatimsiz, onajonimsiz.

Atirgulimsiz, marvarid, durimsiz,
Xazinamsiz, onajonimsiz. (x2)
Qiblagohimsiz, sajdagohimsiz,
Madinamsiz, onajonimsiz. (x2)

Ey, mani boyligim, eng chiroyligim,
Jannatimsiz, onajonimsiz.
Omadim, baxtim, siz toj-u taxtim,
Davlatimsiz, onajonimsiz.

Omadim, baxtim, siz toj-u taxtim,
Davlatimsiz, onajonimsiz.

Jannatimsiz, onajonimsiz,
Chiroyligim onajonimsiz.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onajonimsiz
Xonanda:
O'ktam Kamolov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 28, 2018