Baxt-omadga to`lib yurishim,
Sog`-salomat o`ynab-kulishim,
Tunda yotib, tongda turishim,
Bu ishlarning bari Xudodan,
Ota-onam qilgan duodan.

Farzandlarim bag`rimda doim,
Biri quyoshim, biri oyim.
Yonimdadir jufti-halolim,
Bu ishlarning bari Xudodan,
Ota-onam qilgan duodan.

Otajonim bor, nima g`amim bor,
Onajonim bor, kimdan kamim bor?!
Duo qilib charchamagan mehribonim bor,
Jonimdan ham aziz bo`lgan jonajonim bor.

Davralarda hurmatim osmon,
Kulib turar ko`zlar men tomon.
Qayda bo`lsam, yuribman omon,
Bu ishlarning bari Xudodan,
Ota-onam qilgan duodan.

Nomardlarga egilmadim hech,
Yaxshilarga kerilmadim kech. (x2)
Qoqilsamda yiqilmadim hech,
Bu ishlarning bari Xudodan,
Ota-onam qilgan duodan.

Otajonim bor, nima g`amim bor,
Onajonim bor, kimdan kamim bor?!
Duo qilib charchamagan mehribonim bor,
Jonimdan ham aziz bo`lgan jonajonim bor. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ota-onam
Xonanda:
O'ktam Kamolov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 19, 2018