O'ktam Kamolov - O'zbeklarmiz qo'shiq matni, lyrics

O'ktam Kamolov

O’zbeklarmiz

Ajdodimiz amirlar va beklar,
Bobur-u, Al Buxoriy, Ulug`beklar.
Hech kimga qaram bo`lmas o`zbeklar,
Ozod elmiz, biz o`ziga beklarmiz,
Hech kimdan kam bo`lmagan O`zbeklarmiz!

Parvozlari osmon o`zbeklarmiz,
Dunyolarga doston o`zbeklarmiz.
Tarixi bor, oliyjanob, mard xalqmiz,
Har sohada polvon o`zbeklarmiz!

Sinmaganmiz, hech qachon sinmaymiz,
Raqiblarga boshimiz egmaymiz,
Vatanni hech kimga bermaymiz,
O`z xalqiga qalqon o`zbeklarmiz,
Shijoati vulqon o`zbeklarmiz!

Parvozlari osmon o`zbeklarmiz,
Dunyolarga doston o`zbeklarmiz.
Tarixi bor, oliyjanob, mard xalqmiz,
Har sohada polvon o`zbeklarmiz!

Bayrog`imiz balandlarda, qaranglar,
Madhiyamiz dunyolarda jaranglar.
Yurt otasi qahramon o`zbeklarmiz,
Yurt boshchisi pahlavon o`zbeklarmiz!

Vatan deb yayrar tanamda jonim,
Shu yurtda to`kildi kindik qonim.
Sevaman seni O`zbekistonim,
Xudoyimga suyuk o`zbeklarmiz,
Kelajagi buyuk O`zbeklarmiz!

Parvozlari osmon o`zbeklarmiz,
Dunyolarga doston o`zbeklarmiz.
Tarixi bor, oliyjanob, mard xalqmiz,
Har sohada polvon o`zbeklarmiz! (x2)

O`zbeklarmiz…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbeklarmiz
Xonanda:
O'ktam Kamolov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 28, 2018