Default thumbnail

Olim Hakimov

Muhabbatim armonim

Uchdingmi boy, zarga,
Ey, qoshlari kamonim?
Ko`mdim qalbim qa’riga,
Muhabbatim – armonim. (x2)

Dardim aytib qo`ydimda
Kuylarimda, baytimda.
O`shal maktab paytimda
Muhabbatim – armonim. (x2)

Muhabbatim – armonim,
Qo`l yetmagan osmonim.
Muhabbatim – armonim,
Mening kuzgi xazonim. (x2)

Esimda ilk bo`salar,
Biz uchrashgan ko`chalar.
Endi o`sha-o`shalar
Muhabbatim – armonim. (x2)

Yelkamga g`am mindi, bil,
Ko`z yoshlarim tindi, bil.
Bilmasang gar, endi bil,
Muhabbatim – armonim. (x2)

Muhabbatim – armonim,
Qo`l yetmagan osmonim.
Muhabbatim – armonim,
Mening kuzgi xazonim. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Umedjon Xayrulloev (@Umedjon_Plus_Minuslari)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhabbatim armonim
Xonanda:
Olim Hakimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 11, 2019