Qaydin seni ko`rib qoldim, parizod?
Bir ko`rishda sevib qoldim, parizod.
Endi seni men qayerdan izlayin?
Izlaringni izlab qoldim, parizod.

Sevgi o`ti tushdi mani boshimga,
Rahming kelsin ko`zdan oqqan yoshimga.
Senga otash muhabbatim bor mening,
Bir ko`rishga man intizor, parizod.

Parizod, parizod,
Bir ko`rishda sevdim, parizod. (x2)

Sen ko`kdagi yulduzmisan, oymisan?
Qalbimdagi men izlagan gulmisan?
Xayolimda kecha-kunduz o`zingsan,
Bir umrga asiringman, parizod.

Parizod, parizod,
Bir ko`rishda sevdim, parizod. (x2+x6)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Parizod
Xonanda:
O'lmas Olloberganov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 18, 2018