Oqshom guruhi (Zokir Sobirov) - Ey sinfdosh qo'shiq matni, lyrics

Oqshom guruhi

Ey sinfdosh

Mana bugun hammaning ko`zida yosh,
Ajralishar bir-biridan sinfdosh.
Maktab binosi ham turar xomush,
Bu ko`z yoshlarga berolmay bardosh.

Ey sinfdosh, ey sinfdosh,
Unutma do`stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog`larni.
Ey sinfdosh, ey sinfdosh,
Unutma do`stlaringni,
Eslab turaylik maktab chog`larni.

Bu kunlar endi qayta kelmas,
To`polon, darslardan qochishlar bo`lmas.
Lekin bularning ham o`z gashti bor,
Bu dargohdan hech kim ko`nglin uzolmas.

Ey sinfdosh, ey sinfdosh,
Unutma do`stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog`larni.
Ey sinfdosh, ey sinfdosh,
Unutma do`stlaringni,
Eslab turaylik maktab chog`larni.

Maktab yillari o`tdi birin-ketin,
Kimdir yoriga izhor qildi sevgisin.
Mayli, ularga Xudoyim bersin baxtin,
Bir umrga birga bo`lishsin.

Ey sinfdosh, ey sinfdosh,
Unutma do`stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog`larni.
Ey sinfdosh, ey sinfdosh,
Unutma do`stlaringni,
Eslab turaylik maktab chog`larni.

Mana oxirgi qochishimiz darsdan,
Xo`p mayli, ayb o`tibdi bizdan.
Shuncha kechirdingiz, kechiring buni ham,
Rozi bo`linglar ustozlar bizdan.

Ey sinfdosh, ey sinfdosh,
Unutma do`stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog`larni.
Ey sinfdosh, ey sinfdosh,
Unutma do`stlaringni,
Eslab turaylik maktab chog`larni.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ey sinfdosh
Xonanda:
Oqshom guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 10, 2019