Orolmirzo Safarov - Qo'shiqla ko'raman olamni qo'shiq matni, lyrics

Orolmirzo Safarov

Qo’shiqla ko’raman olamni

Shukrona aytaman shunga ham,
Bo`lsada to`kisdan ko`zim kam. (x2)
Hayotim nuridir har bolam,
Ohangga qo`shib dil nolamni,
O, qo`shiqla ko`raman olamni. (x2)

Ollohim dilimga kuy solgan,
Kuylardan armonim joy olgan. (x2)
Zavqu-shavq emasdir yo`qolgan,
Alqayman muborak shu damni,
O, qo`shiqla ko`raman olamni. (x2)

Yo`llarda yaxshilar qo`l tutar,
Allakim o`zgacha yo`l tutar,
Kimlardir achinar, g`am yutar,
Men sevib yashayman odamni,
Qo`shiqla ko`raman olamni.

Niyatlar tog` kabi cho`ng erur,
Yo`llar goh tekis, goh do`ng erur.
Shukrkim, ishlarim o`ng erur,
Ko`rsatmay ko`z yoshim, jolamni,
O, qo`shiqla ko`raman olamni.

Shukrkim, ishlarim o`ng erur,
Ko`rsatmay ko`z yoshim, jolamni,
O, qo`shiqla ko`raman olamni.

Qo`shiqla ko`raman olamni…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qo’shiqla ko’raman olamni
Xonanda:
Orolmirzo Safarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 11, 2019