Otabek Muhammadzohid - Bedavo derlar qo'shiq matni, lyrics

Otabek Muhammadzohid

Bedavo derlar

Seni Layli, Ra’nodek
Ajoyib dilrabo derlar,
Meni Majnuni shaydodek
Ko`yingda bir gado derlar. (x2)

Kecha-kunduz eshigingda
Fig`onu nolalar qilsam, (x2)
Harchandki men navo qilsam,
Hanuzam benavo derlar. (x2)

Borib so`rdim tabiblardin:
“Bu dardimga davo bormu?”
Tabib ayturki: “Ey, nodon,
Bu dardni bedavo derlar!”

Qani Layli, qani Majnun,
Qani Shirin bilan Farhod?
Ular o`tdi bu olamdan,
Bu dunyo bevafo derlar.

Hey, ular o`tdi bu olamdan,
Bu dunyo bevafo derlar.

Seni Layli, Ra’nodek
Ajoyib dilrabo derlar,
Meni Majnuni shaydodek
Ko`yingda bir gado derlar.

Ko’yingda bir gado derlar,
Ooo, ko`yingda bir gado derlar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bedavo derlar
Xonanda:
Otabek Muhammadzohid
Muallif:
Mashrab
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 6, 2021