Otabek Muhammadzohid - Qora ko'zim qo'shiq matni, lyrics

Otabek Muhammadzohid

Qora ko’zim

Ko`p zamondin ko`rmab edim,
Ochilibsan, qora ko`zim.
Atrofingda gullar bo`yi,
Sochilibsan, qora ko`zim. (x2)

Qora ko`zim, qora ko`zim,
Ochilibsan, qora ko`zim.
Qora ko`zim, qora ko`zim,
Ochilibsan, qora ko`zim.

Gar yuzingga boqar bo`lsam,
Xol-u xating maftun etar.
O`shal dam bir tabassuming
Ishon dildor, manga yetar.

Kulishingga jonim fido,
Borim fido, qora ko`zim.
Ohim navo, vasling davo,
Kel marhabo, qora ko`zim.

Qora ko`zim, qora ko`zim,
Kel marhabo, qora ko`zim.
Qora ko`zim, qora ko`zim,
Kel marhabo, qora ko`zim.

Chiroylisan hammadan ham,
Bilarmisan o`zing, yorim?
Bemoringman, mehring malham,
Kelar bo`lsang, kelgil yorim.

Tashrifingga etmagin zor,
Man umidvor, qora ko`zim.
Tan bemajol, so`rgil bir hol,
Olmay malol, qora ko`zim.

Qora ko`zim, qora ko`zim,
Olmay malol, qora ko`zim.
Qora ko`zim, qora ko`zim,
Kel marhabo, qora ko`zim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qora ko’zim
Xonanda:
Otabek Muhammadzohid
Muallif:
Umidjon Azimov
Bastakor:
Dilshod Ahmadsho
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2021