Qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib,
Eng yorug’ yulduzdan seni so’rayman.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadi, men uni tushda ko’raman.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadi, men uni tushda ko’raman.
Tushimda ko’raman, shunchalar go’zal,
Oydanda go’zaldir, kundanda go’zal.
Ko’zimni olaman oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan ham seni so’rmoqqa.
Ulda aytadir, bir qizil yanoqqa,
Uchradim tushimda ko’milgan oqqa.
Ulda aytadir, bir qizil yanoqqa,
Uchradim tushimda ko’milgan oqqa.
Oqqa ko’milganda shunchalar go’zal,
Oydanda go’zaldir, kundanda go’zal.
Erta tong shamoli sochlarin yoyib,
Yonimdan o’tganda so’rab ko’raman. (x2)
Aytadi, bir ko’rib yo’limdan ozib,
Tog’u-toshlar ichra istab yuraman. (x2)
Bir ko’rdim men uni shunchalar go’zal,
Oydanda go’zaldir, kundanda go’zal.
Men yo’qsil na bo’lib uni suyibman,
Uningchun yonibman, yonib kuyibman.
Boshimni ne ishga berib qo’yibman,
Men suyib, men suyib, kimni suyibman?
Boshimni ne ishga berib qo’yibman,
Men suyib, men suyib, kimni suyibman?
Men suygan suyukli shunchalar go’zal,
Oydanda go’zaldir, kundanda go’zal.
Men suygan suyukli shunchalar go’zal,
Oydanda go’zaldir, kundanda go’zal. {x3}
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 22, 2015