Gulchehra sovg’a aylab,
Gullola keltiribdi, (x2)
Nahotki gulni menga
Qiz bola keltiribdi? (x2)
Gulga to’lib quchog’i,
Gulday yonib yanog’i, (x2)
Ko’zdan qochib uyola,
Uyola keltiribdi. (x2)
Gullarda keltiribdi
Ul qatra-qatra shabnam, (x2)
Go’yoki boda lim-lim
Piyola keltiribdi. (x2)
Barglarda rang jimirlar,
Oqar dilimda payvast,
Shovullagan rango-rang
Shalola keltiribdi.
Samandar erdi tashna,
Qaydin topib xabar yor, (x2)
Yaproq ichinda mehri
Zilola keltiribdi. (x2)
Nahotki gulni menga
Qiz bola keltiribdi?
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 25, 2015