Otash Hijron - Achchiq qo'shiq matni, lyrics

Otash Hijron

Achchiq

Labing ta’mi bunchalar achchiq, kechagina bunday emasdi,
Oq badaning har yoni ochiq, kechagina unday emasdi.
Nechun endi yonimga kelib, xasta ko`nglim so`ramoqdasan?
Nega yana yolg`onlaringga azob berib o`ramoqdasan?

Tuzoq qo`yma manzilimga, zor emasman bu ko`zingga,
Achchiq qilib ketgansan o`zing, endi qaytma hech izingga.
Labing ta’mi bunchalar achchiq, kechagina bunday emasdi,
Oq badaning har yoni ochiq, kechagina unday emasdi.

Qalbimdagi alamlarimni ko`z yoshimga berkitib qo`ydim,
Avramagin yuragim ezib, yolg`oningdan to`yib bo`ldim.
Ishonardim so`zlaringga, ishonardim ko`zlaringga,
Shunchaki unutgin endi, qaytmagin hech izlaringga. (x2)

Masofa uzun, oramiz ochiq,
Hislarimiz so`ngan, ayriliqqa ko`ngan.
Demak bizlar begona, emasdirmiz yagona,
Axir sevgi o`yin – o`yinda mag`lub tayin.

O`sha mag`lub menman, g`olib esa sen,
Bitiklarim shunchaki esdalikda qoladi.
Hech qachon yashamagin yolg`onga yolg`on ulab,
Uvol bo`lgan sevgim qachondir o`ch oladi.

Ko`zingdagi yoshlaring tomib-tomib qolmasa ham,
Quvonching yuraging dardlarini olmasa ham,
O`zgalarning bag`ri torlik qilib qolsa ham,
Unutvor endi, hech qachon qaytib kelma!

Qora ko`zlaringa bog`lab, meni avrama,
Shirin so`zlaring bilan ishontirib aldama.
Ko`nglimda kichik yara, ko`chmoqda bora-bora,
Shuncha yillar ichida unutilgansan, qara.

Qalbimdagi alamlarimni ko`z yoshimga berkitib qo`ydim,
Avramagin yuragim ezib, yolg`oningdan to`yib bo`ldim.
Ishonardim so`zlaringga, ishonardim ko`zlaringga,
Shunchaki unutgin endi, qaytmagin hech izlaringga. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Achchiq
Xonanda:
Otash Hijron
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 3, 2018