U ketdi… U ketdi…
Oldimda yo`l yo`q, yonimda sen yo`q,
Chekinishdan boshqa iloj qolmadi.
Unutdim – bo`lmadi, eslatadi xayollar,
Yuragim seni so`rab-so`rab qo`ymadi.
To`ymadi ko`zlarim bir bor vaslingga,
Qani edi yana seni qaytara olsam.
O`yladim tunlari, savollar javobsiz,
Kunlarim o`tmadi azobsiz.
U ketdi, ortidan bormadim,
Aybim shu – qo`llaridan tutmadim.
Ko`zlarini egalladi o`zgalar,
Aybim shu, aybim shu. (x2)
O`nta gulingdan bitta guling ochilmay
Sani armonlarga tashlab ketdim.
Nimalarni o`yladim o`shanda, bilolmayman,
Sochlaringni yolg`onga o`rablar ketdim.
Shuncha vaqt kutding, lekin bormadim,
Oxir-oqibatda u bilan ketding.
Qadrdoning bo`lmadim, qadringga yetmadim,
Sevgi degan tuyg`uni yuragingga bitmadim.
Bitganlarim shunchaki sog`inchlar bo`ldi,
Alam to`la vujuding azoblarga to`ldi.
Hislaring so`ndi, yasholmadi, o`ldi,
Bitganlarim shunchaki sog`inchlar bo`ldi.
Endi afsuslarda yig`layabdi dil,
Sovuq qotgan qo`limda qurib qoldi gul.
Yonib ketdi sevgim, balki bo`ldi kul,
Endi afsuslarda yig`layapdi dil.
U ketdi, ortidan bormadim,
Aybim shu – qo`llaridan tutmadim.
Ko`zlarini egalladi o`zgalar,
Aybim shu, aybim shu. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 6, 2018