Otash Hijron - Davraga tush qo'shiq matni, lyrics

Otash Hijron

Davraga tush

Qalam qoshli yorim,
Ko`zlaringni suzmagin.
Sanga bitta gapim bor,
Lablaringni burmagin.

Shu davrada go`zallar
Ichra go`zal ekansan,
Xushro`yi qomatingga
O`zim shaydo bo`lay man.

Qalam qoshli yorim,
Yuzlaringni burmagin.
Mandayin oshig`ingga
Beparvo bo`lmagin.

Shu davrada go`zallar
Ichra go`zal ekansan,
Kel yonimga bir umrga,
Bitta sani sevay man.

Davraga tush, davraga tush,
Jamolingga bir to`yay.
Davraga tush, jonginam,
Bo`ylaringni bir ko`ray. (x2)

Bu chiroy yuzing oy,
Uzun sochlaringni yoy.
Barmoqlaring shaqillatib,
Nozing bilan qarab qo`y. (x2)

Oy qizisan, oy qizisan,
Yuragimni o`g`irla.
Qaro-qaro ko`zing bilan
Ko`zlarimni sehrla. (x2)

Qalam qoshli yorim,
Yuzlaringni burmagin.
Mandayin oshig`ingga
Beparvo bo`lmagin.

Shu davrada go`zallar
Ichra go`zal ekansan,
Kel yonimga bir umrga,
Bitta sani sevay man.

Davraga tush, davraga tush,
Jamolingga bir to`yay.
Davraga tush, jonginam,
Bo`ylaringni bir ko`ray. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Davraga tush
Xonanda:
Otash Hijron
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2018