Ko`chalar eski, yuribman amallab,
Dilimda og`riq, qolding qayda hayallab?
Keta olmayapman negadir derazangni tagidan,
Yashayapman sani kutib, bir amallab.
Qora ko`zligim, qani ko`zlaring,
Ohista qadaming qayda, qani izlaring?
Bir donaginam, sog`inib yuzlaring,
Ming dona bo`ldim topa olmay izlaring.
Esiz mani xazon bo`lganim,
Esiz sani arzon bo`lganing.
Qo`limda qolgan atirgullar
Man bilan birga yig`lar,
Esiz o`tgan kunlarim, yuragim tirnar. (x2)
Qaytmasang qaytma, kutmay qo`yganman,
Sevishing aytmasang aytma, sevmay qo`yganman.
Ayriliqqa ko`nganman, ayriliqqa ko`nganman,
Hislarimni armonlarga ko`mganman.
Ko`chalar eski, yuribman amallab,
Dilimda og`riq, qolding qayda hayallab?
Keta olmayapman negadir derazangni tagidan,
Yashayapman sani kutib, bir amallab.
Esiz mani xazon bo`lganim,
Esiz sani arzon bo`lganing.
Qo`limda qolgan atirgullar
Man bilan birga yig`lar,
Esiz o`tgan kunlarim, yuragim tirnar. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 29, 2016