Otash Hijron - Marjonam qo'shiq matni, lyrics

Otash Hijron

Marjonam

San jannatim, san qudratim,
Sevgi in’om etgan omonatim.
Kulfatdan yiroqman, bag`ringga bosh qo`ysam,
Sochlari sumbulim, nazokatim.

Isming ko`ksimga yozilgan boqiy,
Ko`nglimda yagona, go`zalsan nozli.
To`yolmay ovora bu ko`zlarim o`zingga,
Etmagin intizor, Marjonam, yuzingga.

Marjon, ko`zi marjon,
So`zlari ham dur-marjon.
U mani sevadi, shirin kuladi,
Bir umr yonimda bo`ladi Marjon. (x2)

Labingdan shirin bolning ta’mi keladi,
Nigohlaring yuragimga o`tlar soladi.
Ko`zlarim ko`rganda ko`zlaring, muzlab qoladi,
Ko`nglimdagi dilbarim san o`zing Marjonam.

Isming ko`ksimga yozilgan boqiy,
Ko`nglimda yagona, go`zalsan nozli.
To`yolmay ovora bu ko`zlarim o`zingga,
Etmagin intizor, Marjonam, yuzingga.

Marjon, ko`zi marjon,
So`zlari ham dur-marjon.
U mani sevadi, shirin kuladi,
Bir umr yonimda bo`ladi Marjon. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Marjonam
Xonanda:
Otash Hijron
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 17, 2018