Sen sindirgan yurak sinib yotibdi,
Halovat bilmasdan, kuyib yotibdi.
Ko`zimdagi yoshlarimni daryolar qilib,
Kimlar seni o`zi bilan olib yotibdi?
Niqobing ortida o`zgasi ekan,
Axir senku menga “sevaman” degan.
Ayro yo`lda qolib ketdim, ichimda dardim,
Qolmabdida senga zarra ham qadrim.
Rost so`zlagin, meni sevmaganmisan?
Ko`zlarimdan o`zgani izlaganmisan?
Yaralangan qalbim uchun bir bor javob ber:
Rost so`zlagin, mendek kuymaganmisan? (x2)
Qo`lingga gul tutganim alam qilmadi,
Yo`lingni-ku kutganim alam qilmadi,
Alam qilgani bo`ldi avraganlaring,
Nigohimga tik boqib aldaganlaring.
Yomonsan, yurakni og`ritding yomon,
Bu alamlar aniq qo`ymaydi omon.
Ketar yo`lim bo`ldi ayriliq tomon,
Achinarli ahvolim qiynaydi har on.
Rost so`zlagin, meni sevmaganmisan?
Ko`zlarimdan o`zgani izlaganmisan?
Yaralangan qalbim uchun bir bor javob ber:
Rost so`zlagin, mendek kuymaganmisan? (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 27, 2018