Ko`zing qorachig`i bunchalar nurli?!
Labingning g`unchasi shirin, sehrli.
So`zlaring donasi ma’noli, sirli,
Jonim, qarashlaring buncha mehrli?!
Ko`ksimga sanchilgan atirgulimsan,
Bo`ynimga taqilgan tumor, durimsan.
Sen kabi jononni ko`rmadim hech ham,
O`zing ko`nglimdagi yolg`iz gulimsan.
Qadamlaring bosgan izlaring bo`lay,
Sochlaringni uchirgan shamoling bo`lay.
Qo`llaringni ber qo`limga, yagonam o`zing,
Intizor etmagin meni, bir umr sevay.
Dilimga yozilgan go`zal sanamsan,
Sensiz hayot yo`q, jonim, tanamsan.
Balki meni bir umr chindan sevarsan,
Hammadan chiroyligim, nozligim Shohsanam. (x2)
Go`zal tabassuming shaydo etdi,
Nayza kiprigingning adosi o`zim.
Jonim, nigohlaring shaydo etdi,
Kamon qoshlaringning gadosi o`zim.
Mayli, rozi bo`lay Majnun desalar,
Ishonmagin o`zgalar sevdim, desalar.
Chunki yagona oshig`ing o`zimman, jonim,
Hammadan chiroyligim, nozligim Shohsanam.
Ko`zing qorachig`i bunchalar nurli?!
Labingning g`unchasi shirin, sehrli.
So`zlaring donasi ma’noli, sirli,
Jonim, qarashlaring buncha mehrli?!
Ko`ksimga sanchilgan atirgulimsan,
Bo`ynimga taqilgan tumor, durimsan.
Sen kabi jononni ko`rmadim hech ham,
O`zing ko`nglimdagi yolg`iz gulimsan.
Dilimga yozilgan go`zal sanamsan,
Sensiz hayot yo`q, jonim, tanamsan.
Balki meni bir umr chindan sevarsan,
Hammadan chiroyligim, nozligim Shohsanam. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 14, 2018