Otash Hijron - Unutolsaydim qo'shiq matni, lyrics

Otash Hijron

Unutolsaydim

Mana man, mana san,
Ketib, qaytganing qildi alam.
To`rtta devor, xonamda g`am,
O`zim o`zimda, ko`zda nam.

Tark etganding bir kunda,
Tirnaldi yurak o`sha tunda.
Hammasidan ham yomonlari –
Hamon ko`nglim bir sanda.

Qora libosdagi oq badaning,
Qancha narxlading bu taning?
Ayblamagin san mani-mani,
Bu yo`lni o`zing tanlading.

Endi shu yo`ldan ketaver,
Tinch qo`y, hayotim o`yinchoqmas.
Bo`ldi, butunlay unutaver,
Sevgida sevish sangamas.

Unutolsaydim sani ko`zlaringni,
Mani yomon aldagan bu so`zlaringni.
Unutolsaydim shirin nozlaringni,
Qolmasdi ko`nglimda hech qanday armonim. (x2)

Mana man…
Ketib, qaytganing qildi alam…
Hammasidan ham yomonlari –
Hamon ko`nglim bir sanda.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unutolsaydim
Xonanda:
Otash Hijron
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 13, 2018