Nafosating aldamchi, yovuz,
Yuragimdan o`chmadi hanuz.
Har kuz, qani o`sha kuz?
Man sog`indim barglarni.
Xazon to`lgan ko`chalar,
Sevar edim qanchalar.
Oson bo`ldi shunchalar,
Ketar bo`lding, ketar bo`lding.
Endi yo`llarim olis,
Endi kunlarim uzun.
Endi yillarim qisqa,
Qiynading buncha?
Endi sen menga armon,
Endi hammasi yolg`on.
Endi sevgimiz arzon,
Ketar bo`lding…
Kech edi, ko`p suvlar oqib bo`lgandi,
4 yilni o`tkazib, men bordim – kelding.
Ko`zdagi yoshlarim oqib bo`lgandi,
Ilojsiz kuldim, ilojsiz kulding.
Kutdim, sen kelmading, men borolmadim,
O`shanda g`ururim to`siq qo`ygandi.
O`tolmadim sevgining sinovlaridan,
G`urur deb sevgimiz o`lib bo`lgandi.
Yo`lak xomush qoldi, zinalar xomush,
Aldadilar meni, aldadi seni.
O`tmishda qolgan yuraklarimiz,
O`sha o`tmish qani, yuraklar qani?
Endi yo`llarim olis,
Endi kunlarim uzun.
Endi yillarim qisqa,
Qiynading buncha?
Endi sen menga armon,
Endi hammasi yolg`on.
Endi sevgimiz arzon,
Ketar bo`lding…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 14, 2018