Oybek va Nigora - Boboyjonim

Oybek va Nigora

Boboyjonim

Soqollari silkillaydi yurganda-yey,
Bag’ri-dilim ochiladi ko’rganda-yey.
Qarab turar, qarab turar
Men sochimni o’rganda-yey.

Boboyjonim, jonim, jonim,
Boboyjonim, kishtaka kishtak.
Boboyjonim, kampirjonim,
Boboyjonim.

Hadya qilgan olma po’stin so’yarman-ey,
Olma emas diydoringga to’yarman-ey.
Kundan kunga, kundan kunga
Ko’proq mehr qo’yarman-ey.

Boboyjonim, kishtaka kishtak,
Boboyjonim, jonimni quvdi.
Boboyjonim, kampirjonim,
Boboyjonim.
Boboyjonim, boboyjonim, hey.

Yetmish yashar kampirlarni boshisiz-ey,
Qilpillama juvonlara o’xshisiz-ey.
Hammadanam, hammadanam,
Siz o’zingiz yaxshisiz-ey.

Kampirjonim, momoyjonim,
Momoyjonim, vuyey, vuyey.
Kampirjonim, boboyjonim,
Momoyjonim, vuyey, vuyey.
Kampirjonim, momoyjonim, hey.

Qosh ostida ko’zingiz,
Nima-nima-nima deysiz?
Oshno bo’lgan o’zingiz,
Yana nima-nima deysiz?

Oshnolikka chidolmay,
Nima-nima-nima deysiz?
Tashlab ketgan o’zingiz-o,
Tashlab ketgan yuzingiz.

Oshnolikka chidolmay-ey,
Tashlab ketgan o’zingiz.

Oshiq bo’ldim o’zingga,
Nima-nima-nima deysiz?
Qoshi bilan ko’zingga,
Yana nima-nima deysiz?

Aytolmadim yuzingga,
Nima-nima-nima deysiz?
Insof bersin o’zingga-yey,
Insof bersin o’zingga.

Aytolmadim yuzingga-yey,
Insof bersin o’zingga. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Boboyjonim
Xonanda:
Oybek va Nigora
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 20, 2015