Ona dunyoginam, ey dunyoginam,
Yomonu-yaxshiga birdayin maskan. (x2)
Yaralgan kuningdan yaralgan tuyg`u:
Bulbulning navosi zog`larga alam. (x2)

Alam, alam, alam, zog`larga alam,
Bulbulning navosi zog`larga alam. (x2)

Toza niyat bilan chiqdim yo`limga,
Omadim qo`lini berdi qo`limga. (x2)
Yomonni kiritmay qo`ydim dilimga,
Mening yaxshiligim yomonga alam. (x2)

Alam, alam, alam, yomonga alam,
Mening yaxshiligim yomonga alam. (x2)

Sevgi olovida oshkora yondim,
Guldan gulob ichdim, bargida tomdim. (x2)
Xushsiz devonaga aylanib qoldim,
Telba oshiqligim sog`larga alam.

Dunyo har koringga shukur ayladim,
Bag`ringda borimga shukur ayladim. (x2)
Har kuningni ko`rib, fikr ayladim,
Alam qilmayin-u, qilmayin alam.

Har kuningni ko`rib, shukur ayladim,
Alam qilmayin-u, qilmayin alam.

Alam, alam, alam, sog`larga alam,
Mening oshiqligim sog`larga alam.
Alam, alam, alam, zog`larga alam,
Mening bulbulligim zog`larga alam.

Bu olam kimga keng, kimga tor ekan,
Ollohim deganga tole’ yor ekan.
Har boshda bir o`lim asli bor ekan,
Kulfatlar men uchun qo`rqinchli emas!

Alam, alam, alam, yomonga alam,
Mening yaxshiligim yomonga alam. (x2)

Alam, alam, alam…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alam
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 11, 2018