Bugun qattiq bog`ladim
Ro`molimning uchini,
Yana sezdi dimog`im
O`zga gulning isini. (x2)
Qayda bo`lsa ham, to`ram,
Iz qildormay ish qiling, (x2)
Yuvaverib charchadim-ey
Lab bo`yog`in izini. (x2)
Rashkdan kuydi jonim,
Bog`ladim ro`molim,
Yana qaytib o`zimga-yey,
Kelasiz bo`ydog`im. (x2)
To`ldirdingiz ayamay
Puch yong`oqni qo`yinga,
Doim bir ish topasiz
Chorshanbadan keyinga.
Bir-biriga o`xshagan
Bahonangiz o`tmaydi,
Ustasi farang bo`ldim
Berkinmachoq o`yinga.
Kissangizda qaysidir
Oyimchaga xatlar bor,
Yosh yigitning dardidek
Kuydirguvchi dardlar bor.
O`layinmi, qolaymi,
Qayga uray boshimni?
Xat ichida menga ham
Ishlatilgan gaplar bor.
Rashkdan kuydi jonim,
Bog`ladim ro`molim,
Yana qaytib o`zimga-yey,
Kelasiz bo`ydog`im. (x2)
Bir vaqtlar mast aylagan
Nozim eskirdimi yo?
Joningizni titratgan
Sozim eskirdimi yo?
Ochilmagan g`unchaga
Suv quygingiz kelibdi,
Meva tugib, bol bergan
Bog`im eskirdimi yo?
Bulbullarga odat shu –
Har guldan bol tortadur,
Nag`masi eskirsa, gul
Tikon bo`lib botadur.
Chidaymizda nailoj,
Uzun tashlab arqonni.
Ot aylanib bir kuni-yey
Qozig`ini topadi.
Rashkdan kuydi jonim,
Bog`ladim ro`molim,
Yana qaytib o`zimga-yey,
Kelasiz bo`ydog`im. (x4)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 2, 2018