Ozoda Nursaidova - Go'zal kechalarda qo'shiq matni, lyrics

Ozoda Nursaidova

Go’zal kechalarda

Go`zal kechalarda oy ham to`lin-to`lin,
Sevgi azoblari buncha shirin-shirin? (x2)

Tomdim, tomchiladim Layli dudog`idan,
Iforga belandim Shirin ro`molidan. (x2)

Jilosi sepildi oyning jamolidan,
Xabar keldimi yo yorning visolidan? {x2}
Yorning visolidan?

Go`zal kechalarda oy ham to`lin-to`lin,
Sevgi azoblari buncha shirin-shirin?

Sog`inching qiynadi, bo`ldi ko`zim qaro,
Kaftimga sochildi qirmiz rangli hino. (x2)

Yetar sog`inganim, yetar shuncha jafo,
Kelgin yor, kelaqol, bo`lmay sabrim ado. (x2)
Bo`lmay sabrim ado.

Go`zal kechalarda oy ham to`lin-to`lin,
Sevgi azoblari buncha shirin-shirin? (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Go’zal kechalarda
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 11, 2018