Odamlar bor tilin tiyolmas,
O`z yo`lida to`g`ri yurolmas. (x2)
Hasad odat, undan kecholmas,
Yo`qda bermas, bo`lsa ko`rolmas. (x2)

Hasad dunyosin hasadgo`ylari,
Diling tilar aytgan so`zlari,
Ming niqobni tutar yuzlari,
Faqat aybing ko`rar ko`zlari. (x2)

Xarom deydi davlating ortsa,
Kular yo`qlik oyoqdan tortsa. (x2)
Alam qilar omading chopsa,
Yo`qda bermas, bo`lsa ko`rolmas. (x2)

Hasad dunyosin hasadgo`ylari,
Diling tilar aytgan so`zlari,
Ming niqobni tutar yuzlari,
Faqat aybing ko`rar ko`zlari. (x2)

Hatto qarzga bermaydi yordam,
Bo`lmas dilkash, shirinso`z, hamdam. (x2)
Ular shunday yaralgan odam,
Yo`qda bermas, bo`lsa ko`rolmas. (x2)

Hasad dunyosin hasadgo`ylari,
Diling tilar aytgan so`zlari,
Ming niqobni tutar yuzlari,
Faqat aybing ko`rar ko`zlari. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hasrat
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 27, 2018