Mehr to`la dunyo, mehriboning ko`p,
Mehringga hech kimsa zor bo`lib qolmas. (x2)
Men uchun olamda bir zot bo`lsa bas,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2)

Onamsiz keng hovlim g`aribdan-g`arib.
Jovdirab qolarman, uni axtarib.
Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.

Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.
Onajonim…

Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini,
Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas.
Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2)

Yetmay unga ohim, yetmay zorim ham,
Tushunmasa hatto sevgan yorim ham.
Ko`zimdagi yoshim artadi Onam,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.

Gohida gullarga ko`milib qoldim,
Kuyladim, hammaning ko`nglini oldim.
Faqat bir narsaga men amin bo`ldim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.

Faqat bir narsaga men amin bo`ldim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.

Nochor qolganda, qo`l uzatdim o`zim,
Ba’zida bilmayin yig`latdim o`zim.
Qalbimda bor mening shu bitta so`zim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.

Qalbimda bor mening shu bitta so`zim:
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas.
Onajonim…

Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini,
Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas.
Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini,
Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onajonim
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 17, 2018