Ozoda Nursaidova - Qayni-singil qo'shiq matni, lyrics

Ozoda Nursaidova

Qayni-singil

Kelin tomondan bir oz kechga qolsa tugunlar,
Olovi tez qumg`ondek qaynar qaynisingillar. (x2)

Kuyov bola kelinga sal jilmaysa kifoya,
Qosh chimirib, lab burib-ey, qilishadi kinoya. {x2}

Sho`rlik kelin xatosi mahallani tutadi,
Qaynisingil degani-yey qaynonadan o`tadi. (x2)

Esdan chiqarmang kuyov, xoh bayram, xoh to`y bo`lsin,
Yorga degan sovg`adan-ey singilniki zor bo`lsin. (x2)

Har kimga nasib etsin kelin salomi, yor-yor,
Qaytar dunyo – sizning ham-ey kelin bo`lishingiz bor. {x2}

Sho`rlik kelin xatosi mahallani tutadi,
Qaynisingil degani-yey qaynonadan o`tadi. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qayni-singil
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 14, 2018