Yot uyida yetimdayin
Hayotin boshlar kelin. (x2)
Qaynona yomon bo`lsa,
Ko`zlarin yoshlar kelin. (x2)

Oylar o`tar, yil o`tar,
Kelin birdan o`tolmas, (x2)
Qaynonasin qahriga-yey
Kun keladi – chidolmas. (x2)

Qaynonajon, qaynona,
Kelin bo`lsin parvona, (x2)
Gar siz qovoq uysangiz-ey,
Yetti olam vayrona. (x2)

Boshlanar gap otishlar,
Boshlanar gap sotishlar, (x2)
O`rtada sarson kuyov,
Tonggacha ters yotishlar. (x2)

Kelin ham bir onaning
Jondan chiqqan chashmasi, (x2)
O`n ko`z bilan qarang siz-ey,
Yomon emas hammasi. (x2)

Qaynonajon, qaynona,
Kelin bo`lsin parvona, (x2)
Gar siz qovoq uysangiz-ey,
Yetti olam vayrona. (x2)

Hoy kelinchak, kelinchak,
Jilmayib ko`ring jindak. (x2)
Qaynona ham tosh emas,
Ikkingizga jon kerak. (x2)

Qaynonajon, qaynona,
Kelin bo`lsin parvona, (x2)
Gar siz qovoq uysangiz-ey,
Yetti olam vayrona. (x2)

Qaynonajon, qaynona,
Kelin bo`lsin parvona, (x2)
Gar siz qovoq uysangiz-ey,
Yetti olam vayrona. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaynona
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 4, 2018