Olma qayga to`kilsa, sharbat bo`lar yo qoqi,
Asabimga tegadi bema’ni so`z – “qishloqi”. (x2)
Yer yuzi qachonlardir qayta bir qishloq bo`lgan,
Bog`liklarga bulog`-u, cho`llig-u, yantoq bo`lgan. (x2)
Ensani qotirma-da, ey shaharning tannozi,
Sening bobong qishloqi, sening momong qishloqi. (x2)
Oqar buloq qaynog`i, kosasida qaymog`i,
Keng dalada yayragan tulporlari o`ynoqi. (x2)
Ming bitta pardozsiz ham chiroylidir qizlari,
Qizil olmaga o`xshab, yonib turar yanog`i. (x2)
Ensani qotirma-da, ey shaharning tannozi,
Sening bobong qishloqi, sening momong qishloqi. (x2)
Bog`bon borki, mevalar to`kin bo`lar shaharda,
Dehqon borki, dasturxon kulib turar shaharda. (x2)
Toshlar to`la tog`ida, tikonli butog`ida,
Bodom, pista, mayizlar kirib turar shaharga. (x2)
Mening bobom qishloqi, mening momom qishloqi…
Ensani qotirma-da, ey shaharning tannozi,
Sening bobong qishloqi, sening momong qishloqi. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 14, 2018