Ozoda Nursaidova - Sen bo'lmasang boshqasi qo'shiq matni, lyrics

Ozoda Nursaidova

Sen bo’lmasang boshqasi

Ishqqa devonamasman,
Mastu-mastonamasman.
Layli ruhidan qongan
Takror afsonamasman. {x2}

O`tmay-o`tmay nag`masi,
Kuydi qancha-qanchasi.
Sochimdan ko`p oshig`im,
Sen bo`lmasang, boshqasi! {x2}

Ochilsa ishq g`unchasi,
Bo`ldim dema erkasi.
To`kilmayman poyingga,
Sen bo`lmasang, boshqasi,
Sen bo`lmasang, boshqasi! (x2)

O`tmay-o`tmay nag`masi,
Kuydi qancha-qanchasi.
Sochimdan ko`p oshig`im,
Sen bo`lmasang, boshqasi! {x2}

Sharob tutsa dudog`im,
Tilingga tushsa bolim,
O`zgani ko`rmas ko`zing,
Tutib mening xumorim,
Tutib mening xumorim. (x2)

O`tmay-o`tmay nag`masi,
Kuydi qancha-qanchasi.
Sochimdan ko`p oshig`im,
Sen bo`lmasang, boshqasi,
Sen bo`lmasang, boshqasi! (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen bo’lmasang boshqasi
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 10, 2018