Sho`xliklarim tiyilib,
Nur sochadi peshonam.
Sovchilarning dastidan
Chuqur bo`ldi ostonam.

Eh, sovchilar, sovchilar,
Shirinso`z aldoqchilar.
Ikki yosh baxti qolib,
Mol-dunyoga ovchilar.

Osmonlardan tushmayman,
Sizga bo`yin egmayman.
Yigirmadan oshsam ham,
O`g`lingizga tegmayman.

Osmonlardan tushmayman,
Sizga bo`yin egmayman.
Yigirmada qolsam ham,
O`g`lingizga tegmayman.

Ovora bo`lmang, meni
Onam sizga bermaydi. (x2)
Onamning erka qizi,
Gapingizga kirmaydi. (x2)

Osmonlardan tushmayman,
Sizga bo`yin egmayman.
Yigirmadan oshsam ham,
O`g`lingizga tegmayman.

Osmonlardan tushmayman,
Sizga bo`yin egmayman.
Yigirmada qolsam ham,
O`g`lingizga tegmayman.

Lof urasiz kuyovdan,
Oy kelin kerak, deysiz. (x2)
Kam bo`lmasin birovdan,
Boy kelin kerak, deysiz. (x2)

Osmonlardan tushmayman,
Sizga bo`yin egmayman.
Yigirmadan oshsam ham,
O`g`lingizga tegmayman.
Osmonlardan tushmayman,
Sizga bo`yin egmayman.
Yigirmada qolsam ham,
O`g`lingizga tegmayman. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sovchilar
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 21, 2018