Ozoda Nursaidova - So'yla, Istanbul qo'shiq matni, lyrics

Ozoda Nursaidova

So’yla, Istanbul

Xayolida ortga qaytib,
Ko`z yoshini xomush artib,
Oh Istanbul, yo`llaringda
Bir qiz borar dardin aytib.

Xayolida-xayolida dardin aytib,
Ko`z yoshini, ko`z yoshini xomush artib.
Oh, Istanbul yo`llarida
Bir qiz borar dardin aytib.

Oh, mani sevgan yorim qani, so`yla Istanbul,
Dilimdagi zorim qani, so`yla Istanbul.
Mani-mani sevgan yorim qani, so`yla Istanbul,
Dilimdagi zorim qani, so`yla Istanbul.

Hasratlarini yodga solding,
Sevgi berib, nechun yana-yana olding?
Oh Istanbul, bir qiz uchun
Armon shahri bo`lib qolding.

Hasratlarini yodga solding,
Sevgi berib, yana-yana olding?
Oh Istanbul, bir qiz uchun
Armon shahri bo`lib qolding.

Oh, mani sevgan yorim qani, so`yla Istanbul,
Dilimdagi zorim qani, so`yla Istanbul.
Mani-mani sevgan yorim qani, so`yla Istanbul,
Dilimdagi zorim qani, so`yla Istanbul. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
So’yla, Istanbul
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 1, 2021