O`tlar ketsin muhabbatning bozoriga,
Chidolmasman bevafoning ozoriga. (x2)
Oshiq bo`lib kirolmadim gulzoriga,
Tushunmading yuragimning oh-zoriga.

Yordan judo bo`lib qoldim, alam endi,
Begonadir menga qoshi qalam endi. (x2)

Motamsaro men oshiqning uychasida,
Jaranglaydi yor-yor nikoh kechasida.
Olib ketar shum yangalar yor-yor aytib,
Sho`x kuy-navo endi o`zga ko`chasida.

Yordan judo bo`lib qoldim, alam endi,
Begonadir menga qoshi qalam endi. (x2)

Yordan judo bo`lib qoldim, alam endi,
Begonadir menga qoshi qalam endi. (x2)

Begonadir menga qoshi qalam endi…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alam endi
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 16, 2019