[Bojalar guruhi]
Shoshma, shoshma Shoshkentim-o,
Shoshkent emas Toshkentim-o.
Turli millat, elatga-yo
O`lan bo`lgan Toshkentim-o.
Turli millat, elatga-yo
O`lan bo`lgan Toshkentim-o.
Qurama, qurama, qurama,
Mo`ylovlaringni burama.
Asrlarning sadosiga-yo
O`lan aytmasang bo`lam-o?
Asrlarning sadosiga-yo
O`lan aytmasang bo`lam-o?
Salam alaykum “apojon”,
Salam alaykum “nanajon”,
Salam alaykum Karmana, jon-ey,
Voleykum salam Ozodjon, “bo`lle tamom”.
[Ozodbek Nazarbekov]
Do`qi, do`qi, do`q, olamda yo`q,
Shunday go`zal dunyoda yo`g`-a, voydoda.
Do`qi, do`qi, do`q, olamda yo`q,
Shunday bayram dunyoda yo`g`-a, voydoda.
Navoiyning yo`llari soz,
Yo`llarida o`ynaydi g`oz-a, voydoda.
Sho`x qizlari Qo`qon gilos,
Yigitlari ishqiboz-a, voydoda.
Do`qi, do`qi, do`q, olamda yo`q,
Shunday go`zal dunyoda yo`g`-a, voydoda.
Do`qi, do`qi, do`q, olamda yo`q,
Shunday bayram dunyoda yo`g`-a, voydoda.
Navoiyning yo`llari soz,
Yo`llarida o`ynaydi g`oz-a, voydoda.
Sho`x qizlari Qo`qon gilos,
Yigitlari ishqiboz-a, voydoda.
[Bojalar guruhi]
Xayollarim “prostoy”,
Jahon emas “xolostoy”.
Karmananing qizlari
Bizga kasal, Ozodboy!
“Futbolist” koptok tepadi,
Dehqon urug`in sepadi,
Karmananing qizlari
Etagini “до конца” yopadi.
“Apchi, apchi” aksirmagan kim bor?
Yo`talmagan kim bor, hay yara?
Karmananing yo`lida
Sakrab-sakrab ketdingmi?
Otang qani ko`rmading,
Enang qani ko`rmading.
Sultonobodning “chakki”sidan
Yalab-yalab to`ymading.
[Ozodbek Nazarbekov]
Qarg`alar uchsa, qaraylik
Sarmishsoyning yo`liga, {x2}
Qarg`alar uchsa, qaraylik
Sarmishsoyning yo`liga. {x2}
Qo`shiq aytib mast bo`laylik,
Qo`shiq aytib mast bo`laylik,
Asrlar, asrlar, yana asrlarning to`yiga,
Asrlarning to`yiga.
Qarg`alar uchsa, qaraylik
Sarmishsoyning yo`liga. {x2}
[Bojalar guruhi]
Chap tizza, o`ng tizza,
Aylanib o`tirsa, ana mazza.
O`ng tizza, chap tizza,
Aylanib o`tirsa, yana mazza.
Ya tizza, tizza, tizza,
Tizza, tizza, tizza,
Tizza, tizza, tizza.
[Ozodbek Nazarbekov]
Bu kech yulduzli osmon
To`lib ketsin nolamga,
Asrlarning sadosi
Yetsin butun olamga.
[Bojalar guruhi]
Yaxshi gaplar bo`ldi,
Endi meni galim:
Sochlaringni-yo adosi,
Maning o`zim-ay, o`x-xo`, o`x-xo`,
Voy uzr-a, hay yar-a.
Karmananing yo`lida
Sakrab-sakrab ketdingmi?
Otang qani ko`rmading,
Enang qani ko`rmading.
Sultonobodning “chakki”sidan
Yalab-yalab to`ymading.
[Ozodbek Nazarbekov]
Qarg`alar uchsa, qaraylik
Sarmishsoyning yo`liga, {x2}
Qarg`alar uchsa, qaraylik
Sarmishsoyning yo`liga. {x2}
Qo`shiq aytib mast bo`laylik,
Qo`shiq aytib mast bo`laylik,
Asrlar, asrlar, yana asrlarning to`yiga,
Asrlarning to`yiga.
Qarg`alar uchsa, qaraylik
Sarmishsoyning yo`liga. {x2}
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 15, 2016