Qarab tursam yuzingga,
Beparvosan sen.
Talpinaman o`zingga,
Beparvosan sen. (x2)
Oshiq bo`lib yonarman,
Tunlari to`lg`onarman,
Hammadan qizg`onarman –
Beparvosan sen. (x2)
Hamon sening ishqingda
Yonib adoman.
Qarab qo`y oshig`ingga,
Yomon shaydoman. (x2)
Bir imo qil, yoningda
O`zim paydoman.
Tun-u kun parvonaman –
Beparvosan sen. (x2)
Oshiq bo`lib yonarman,
Tunlari to`lg`onarman,
Hammadan qizg`onarman –
Beparvosan sen. (x2)
O`zgalardan so`rayman
Sening haqingda,
Jonimdan ham kechaman
Ishtiyoqingda.
Sabolardan so`rayman
Sening haqingda,
Jonimni ham beraman
Ishtiyoqingda.
Biram yoqib ketarsan
Kulgan chog`ingda,
Yoningda bo`lay deyman –
Beparvosan sen. (x2)
Oshiq bo`lib yonarman,
Tunlari to`lg`onarman,
Hammadan qizg`onarman –
Beparvosan sen. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.